Ota-onalar ham farzandidan aliment undirishi mumkinmi?

Bu qiziq

image

Aliment deganda, aksariyat hollarda ota-onaning voyaga yetmagan farzandlar uchun pul mablag‘lari to‘lashi tushuniladi. Lekin shunday aliment turi mavjudki, bunda voyaga yetgan farzandlar mehnatga layotqatsiz, nafaqa yoshiga yetgan ota-onalar uchun to‘lanadi. Ulg‘aygan farzandlar keksa, mehnatga qobiliyati yo‘q, nafaqa yoshida bo‘lgan ota-onalariga g‘amxo‘rlik qilish, ularga moddiy va manaviy tomonlama ko‘maklashishi lozim. Lekin bugungi kunda voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandalar o‘zlarining ota-onalari oldidagi burchlarini to‘laqonli bajaramoqda, deb bo‘lmaydi. Shu sababli, ota-onalar o‘z ta’minotlari uchun to‘lovlarni sud orqali undirishga majbur bo‘lmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasinng 66-moddasida voyaga yetgan, mehnatga layoqatli shaxslarning o‘z ota-onasiga g‘amxo‘rlik qilish majbkriyati belgilangan. Bunda tashqari, Oila kodeksining 109-moddasida ham xuddi shunday majburiyat belgilab qo‘yilgan. 

Ota-onalar faqat voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlaridan aliment undirishga haqli. Shuningdek, ota yoki ona bir vaqtning o‘zida mehntaga layoqatsiz va yordamga muxtoj bo‘lishlari lozim.
 
Qonunga ko‘ra mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj ota-onalarni ta’minlashm majburiyati bolalarining moddiy ahvolidan qat’iy nazar so‘zsiz ijro etiladi. 55 yoshga to‘lgan ayollar va 60 yoshga to‘lgan erkaklar mehnatga layoqatsiz, deb hisobdanadi. Shuningdek, yashash uchun yetarli mablag‘ga ega bo‘lmagan shaxslar yordamga muhtoj, deb tan olinadi.
 
Ota yoki onaning aliment olishga muhtojligi quyidagi omillardan kelib chiqib belgilanadi:

  • moddiy ahvoli;
  • mavjud daromadlari darajasi;
  • mehnatga layoqatli turmush o‘rtog‘ining bor-yo‘qligi;
  • turmush o‘rtog‘i moddiy yordam berish-bermasligi.

Ota-onaning oziq-ovqat olishga, kammunal xizmatlarni to‘lashga va dori-darmonlarga daromadi yetmasligi ularning yordamga muhtoj deb tan olinishiga sabab bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Oila kodeksining 81-moddasga ko‘ra ota-onaning ota-onalik huquqidan mahrum qilinganligi bolalarni ularni ta’minlash majburiyatidan to‘liq ozod qilish uchun asos hisoblanadi.
 
Soliq kodeksining 329-moddasiga muvofiq mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj ota-onalar aliment undirish uchun da’vo yuzasidan davlat bojidan ozod etiladi. 

Voyaga yetgan shaxslarning mehnatga layoqqatsiz va moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan ota-onani moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlashi O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-5-moddasida o‘n besh sutka muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Agar shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, O‘zbkuiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 123-moddasidaga ko‘ra  uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 

Shohruh Olimjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

109

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing