Oston O‘runov “Spartak”dan Rossiyaning boshqa klubiga o‘tishi mumkin

Sport

image

Rossiyaning “Ximki” klubi o‘zbekistonlik yarim himoyachi Oston O‘runov bilan muzokara olib bormoqda. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “Championat” nashri xabar berdi.

Qayd etish joizki, ayni paytda O‘runov “Spartak” klubiga tegishli hisoblanadi. Moskva klubi Oston bilan shartnomani bekor qilsa, “Ximki” rahbariyati O‘runovni “Spartak”dan ijaraga olish yoki erkin agent sifatida shartnoma imzolash variantini ko‘rib chiqadi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘runov “Ufa” bilan 2020 yilning fevralida shartnoma imzolagan. Mavsum oxirida Ostonga bo‘lgan egalik huquqni o‘sha paytda bosh direktori Shamil Gazizov bo‘lgan “Spartak” sotib oldi. 2020 yil dekabr oyida Gazizov o‘z lavozimini tark etib, “Ufa”ga qaytdi. Navbatdagi transfer oynasida “Ufa” O‘runovni 2020-2021 yilgi mavsum oxirigacha ijaraga oldi. Keyinchalik ijara muddati yana bir yilga uzaytirildi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

30

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing