Oston O‘runov “Spartak” bilan maosh masalasida kelisholmayapti
Sport
−
18 iyul 2022
4480Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Oston O‘runov “Spartak”ni tark etishi uchun maoshining kamaytirilishiga rozi emas. Bu haqda “Metaratings” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Oston O‘runov faoliyatini davom ettirishi mumkin bo‘lgan 3-4 ta klub bor. Biroq 21 yoshli futbolchi Moskva klubi bilan shartnomasiga ko‘ra, oladigan maoshini kamaytirishni istamayapti.
Qayd etilishicha, “Spartak” O‘runovni ijaraga berib yuboradigan bo‘lsa, uning maoshini to‘liq qoplashni rejalashtirmagan. Ostonni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan klublar yarim himoyachining yiliga 600 ming dollarni tashkil qiladigan maoshini to‘lash qobiliyatiga ega emas. Shu bois Moskva klubi futbolchini ijaraga berishdan ko‘ra, sotishdan ko‘proq manfaatdor.
Ma’lumot uchun, O‘runov 2021-2022 yilgi mavsumni ijara asosida “Ufa”da o‘tkazgan. Uning “Spartak” bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi