“Oskar” marosimi o‘tkazilish joyiga o‘zgartirish kiritilishi mumkin
Olam
−
31 mart 2021
1890Joriy yilda "Oskar" kinomukofotini topshirish marosimi qisman Yevropa maydonlarida o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda "The Hollywood Reporter" xabar bermoqda.
Amerika qismi Los-Anjelesdagi Dolby teatrida bo‘lib o‘tadi, Parij va Londonda esa mehmonlarni qabul qilish uchun ikkita qo‘shimcha joy tayyorlanadi.
Bu "Oskar" tashkilotchilari marosimda videoaloqa orqali qatnashish mumkin emas, degan qarorga kelganidan keyin sodir bo‘lgan.
Shu bilan birga, ular ishtirokchilarni iloji boricha Los-Anjelesga kelishga chaqiradi.
"O‘zingiz bilan niqobingizni olib keling, siz hali ham unga muhtojsiz. Nimani bilsak, barchasidan sizni xabardor qilib boramiz. Hamma narsa o‘zgarib bormoqda ", degan 2021 yildagi shou prodyuserlaridan biri Stiven Soderberg.
Shuningdek, u Los-Anjelesga kelgan nomzodlarning karantin uchun mehmonxonalarda joylashishi bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlarni tadbir hamkorlari qoplashiga aniqlik kiritgan.
Ma’lumot o‘rnida, marosimda qatnashuvchilar bitta zalda yig‘ilmaslik uchun guruhlarga bo‘linadi.
Marosim Parij va Londonda aynan qayerda o‘tkazilishi mumkinligi hozircha ma’lum emas.
"Oskar" kinomukofotini topshirish marosimi joriy yilning 25 aprelida bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi