“Oskar” g‘oliblarining 140 ming dollarlik sovg‘alar to‘plamidan nimalar joy olgan?

Olam

image

“Oskar” sovrindorlari nafaqat eng nufuzli kino mukofotini, balki qimmatbaho sovg‘alarni ham qo‘lga kiritdi. Ma’lum bo‘lishicha, bu yil sovg‘a to‘plami 140 ming dollarga baholangan.

Qayd etilishicha, mukofot laureatlari uchun sovg‘a sifatida taqdim etilgan barcha 53 ta buyum va sertifikatlarning umumiy qiymati 140 ming dollarni tashkil etgan. 

Eng qimmat sovg‘a XVII asrda Shotlandiyada qurilgan Turin qasriga uch kunlik sayohat bo‘ldi. Uning narxi 50 ming dollar. Qiymati bo‘yicha keyingi o‘rin “Maison Construction” kompaniyasining sertifikati bo‘lib, u g‘oliblarga uyda 25 ming dollar miqdorida ta’mirlash ishlarini amalga oshirish imkoniyatini beradi.

Bundan tashqari, kino sanoati vakillari “Golden Door” dam olish maskanida to‘rt kunlik kurort ta’tilida bo‘lishlari, “Celebrity Arms” klinikasida liposaksiya qilish yoki mashhur amerikalik kosmetologning muolajalariga murojaat qilishlari mumkin. Bundan tashqari, taniqli shaxs tasodifiy tanlab olinadi va Glenko vodiysining lord yoki xonimi tojiga ega bo‘ladi hamda Shotlandiyada yer uchastkasi sovg‘a qilinadi.

Shu bilan birga, yulduzlar o‘zlariga faqat moddiy narsalarni: kosmetika, mahsulotlari, dekor buyumlari va boshqa narsalarni qoldirib, eslatib o‘tilgan sovg‘a xizmatlaridan voz kechish huquqiga ega. Bu fakt qimmat xizmatlar soliqqa tortilishi bilan izohlanadi – g‘oliblar ulardan foydalanish uchun sovrinlar qiymatining 50 foizigacha to‘lashlari kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, amerika vaqti bilan joriy yilning 27 mart kuni Los-Anjeles shahrida “Oskar” mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

228

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing