“Oskar”ga da’vogarlar uchun yangi standartlar o‘rnatildi
Olam
−
09 Sentabr 2020
2657Amerika kinoakademiyasi “Oskar” mukofotining “Eng yaxshi film” nominatsiyasi uchun yangi standartlarni o‘rnatdi. Ular 2024 yildan boshlab amal qiladi. Qoidalar akademiya rasmiy saytida e’lon qilingan.
Yangi standartlar Buyuk Britaniya Milliy Kino Akademiyasi tomonidan qabul qilingan qoidalar asosida ishlab chiqilgan. AQSH Kino Akademiyasi prezidenti Devid Rubinning ta’kidlashicha, ular filmlar tomosha qiladigan jamiyat va tomoshabinlar uchun xilma-xillik yaratishni xohlaydi.
2021 yilgi “Oskar” mukofotini topshirish marosimi 25 aprel kuni o‘tkaziladi. Nomzodlar 15 mart kuni e’lon qilinadi. Avvalroq, marosim 28 fevralga belgilangandi, ammo keyinroq qoldirilishi haqida ma’lum bo‘ldi.
13 iyun kuni kinoakademiya “Oskar” mukofotining asosiy nominatsiyalaridan biri – “Eng yaxshi film” nominatsiyasi uchun nomzodlar sonida o‘zgarish qilishni rejalashtirgani ma’lum bo‘ldi. Nomzodlar endilikda, roppa-rosa o‘ntani tashkil etadi.
Aprel oyi oxirida koronavirus pandemiyasi tufayli ushbu toifadagi yana bir cheklov olib tashlandi: endi Los-Anjeles kinoteatrlarida namoyish etilmagan filmlar ham mukofotga davogarlik qilishi mumkin bo‘ladi.
Rushanabonu Sultonova
LiveBarchasi