Osiyodami yoki Yevropada? Xavfsiz shaharlar reytingi e’lon qilindi

Jamiyat

image

“The Economist” jurnali dunyodagi eng xavfsiz shaharlar reytingini e’lon qildi. Reytingdan joy olgan 60 ta shahar orasida Daniya poytaxti Kopengagen birinchilikni egalladi. Bu haqda “TheLime” nashri ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ilgari xavfsiz shaharlar ro‘yxatida Osiyoning Tokio, Singapur va Osaka kabi shaharlari yetakchilik qilgan. 2021 yilda esa birinchilik Yevropa shaharlaridan biri Kopengagenga nasib qildi. Reyting tuzilayotganda tahlilchilar shaharlarni raqamli ma’lumotlarni himoya qilish, sog‘liqni saqlash, infratuzilma, shaxsiy va ekologik xavfsizlik kabi beshta toifadagi 76 ko‘rsatkich bo‘yicha ajratib chiqqan. Kopengagen omillar kombinatsiyasi bo‘yicha 100 balldan 82,4 ball to‘plab, dunyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi. Taqqoslash uchun, 2019 yilda Daniya poytaxti reytingda 8-o‘rinni egallagan.

So‘nggi 10 yil davomida ushbu shaharda jinoyat darajasi eng past ko‘tsatkichda bo‘lgan. Bundan tashqari, ijtimoiy muhofaza yuqori hamda boy va kambag‘allar o‘rtasidagi tafovut past darajada.

“Kopengagenni xavfsiz shaharga aylantiruvchi asosiy omillardan biri bu – oxirgi 10 yil ichida sodir etilgan jinoyatlarning eng kamligidir”, deya ta’kidlagan Kopengagen meri Lars Vayss.

Reytingning keyingi o‘rinlarini Toronto, Singapur, Sidney va Tokio egallagan. Sayohlar uchun eng qimmat shahar deya Ashxobod baholangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

348

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing