Osiyo vakili “Yer go‘zali”ga aylandi

Madaniyat-san’at

image

22 marotaba o‘tkazilgan “Yer go‘zali” tanlovining final bosqichida Janubiy Koreya vakili Mina Syu Choy g‘olib bo‘ldi. Bu haqda “Elle” nashri xabar berdi.

Tanlovning final bosqichi Filippinning Manila shahrida o‘tkazilib, unda jami 86 ta mamlakat vakillari ishtirok etgan. Mina Syu Choy tanlov tarixida g‘olib bo‘lgan ilk koreyalikka aylandi.

Shuningdek, taqdirlash marosimida qo‘shimcha uchta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlangan. Bular: 
“Havo go‘zali-2022” – Sheridan Mortlokka (Avstraliya), 
“Suv go‘zali-2022” – Nadin Ayub (Falastin)
“Olov go‘zali-2022” – Andrea Agilera (Kolumbiya).

Qayd etilishicha, g‘olibni aniqlashda nafaqat ishtirokchilarning tashqi ko‘rinishiga, balki ularning atrof-muhit kelajagi va iqlim muammolariga qarashlari ham hisobga olingan.

Ushbu tanlovda filippinlik go‘zallar to‘rt marotaba, Ekvador, Venesuela va Braziliya vakillari esa ikki martadan g‘olib bo‘lgan.
Bu yilgi tanlovda ishtirokchilarning yarmidan ko‘pi 23 yoshgacha qizlardan iborat bo‘ldi. Ularning eng kattasi 28 yoshli Gonkong, Serra-Leone va Kongo Demokratik Respublikasi vakillari bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida, dunyo miqyosida asosiy to‘rtta go‘zallik tanlovi mavjud bo‘lib, “Yer go‘zali”dan tashqari, “Dunyo go‘zali”, “Koinot go‘zali” va “Miss International” tanlovlari xalqaro jamoatchilikning e’tiborini jalb etib kelmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1501

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing