Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston delegatsiyasi 3-oltin medalni qo‘lga kiritdi
Sport
−
12:00 1213 1 daqiqa
Bugun, 24 sentyabr kuni Yaponiyaning Ayti–Nagoya shaharlarida o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarining 5-kuni doirasidagi bahslar davom etmoqda. Kun doirasidagi akademik eshkak eshish bahslarida O‘zbekiston delegatsiyasi navbatdagi oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Joriy yil akademik eshkak eshish bo‘yicha Jahon chempionatida zafar quchgan Shahzod Nurmatov va Sobirjon Safarәliyev Osiyo o‘yinlarida ham oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Yengil vaznli sportchilar o‘rtasidagi LM2x dasturida ishtirok etgan sportchilar finishga birinchi bo‘lib yetib kelib, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga navbatdagi oltin medalni yozib qo‘ydi. Shu tariqa, Shahzod Nurmatov va Sobirjon Safarәliyev Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi.
Hozirga kelib O‘zbekiston delegatsiyasining Osiyo o‘yinlaridagi jami medallar soni 19 taga ( 3 ta oltin, 9 ta kumush va 7 ta bronza) yetdi. Ayni damda O‘zbekiston umumjamoa hisobida 8-o‘rinda bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Osiyo o‘yinlarida oltin medal olgan o‘zbekistonlik sportchilarga 25 000 AQSH dollari miqdorda pul mukofoti berilishi haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi