Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistondagi vakolatxonasiga yangi rahbar tayinladi
Jamiyat
−
14 iyul 2023
3899Kanokpan Lao-Araya xonim Osiyo taraqqiyot banki (OTB)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari etib tayinladi. Bu haqda OTB matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun, 14 iyul kunidan boshlab Lao-Araya xonim OTBning O‘zbekistondagi faoliyatiga rahbarlik qiladi va bankning 2023-2028 yillarga mo‘ljallangan yangi sheriklik strategiyasini tayyorlash va amalga oshirishni nazorat qiladi. OTB mamlakatning inklyuziv va bozor iqtisodiyotiga o‘tishi, xususiy sektorni rivojlantirish, “yashil” transformatsiya, iqtisodiy va ijtimoiy tengsizliklarni qisqartirish, mintaqaviy hamkorlik va integratsiyani kengaytirish uchun ko‘makni kuchaytiradi.
“Men OTBning O‘zbekistondagi islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlash borasidagi sa’y-harakatlarini boshqarishdan xursandman. Investitsiyalar, bilimlar va xususiy sektor faoliyati orqali biz O‘zbekistonga inson kapitalini rivojlantirish, tashqi ta’sirlarga chidamlilikni mustahkamlash va “yashil” iqtisodiyotga o‘tishda ko‘maklashishda davom etamiz”, degan Lao-Araya.
Ma’lumot uchun, Lao-Araya xonim Osiyo-Tinch okeani mintaqasida, shu jumladan Markaziy Osiyodagi rivojlanish va iqtisodiyot sohasida 25 yildan ortiq tajribaga ega. U OTBga 2001 yilda qo‘shilgan va shu vaqtdan beri bankda bir qator rahbarlik lavozimlarida ishlagan. Tayinlanishidan oldin u Qirg‘iziston Respublikasidagi vakolatxona direktori bo‘lib, u yerda bank faoliyatini boshqargan.
Tailand fuqarosi Lao-Araya xonim AQSHning Indiana universiteti (Bloomington) iqtisod fanlari doktori va magistri hamda Tailanddagi Chulalongkorn universitetining iqtisod bo‘yicha bakalavr darajasiga ega.
O‘zbekiston OTBga 1995 yilda qo‘shilgan. Bugungi kunga kelib, OTB O‘zbekistonga davlat sektorida jami 11,5 mlrd AQSH dollari miqdorida 240 ta kredit, grant va texnik yordam ajratgan.
LiveBarchasi