Osiyo chempionlariga avtomobil sovg‘a qilinadi
Sport
−
21 aprel 18143 1 daqiqa
Saudiya Arabistonida o‘tgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida g‘olib bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilariga Prezident sovg‘asi sifatida avtomobillar topshiriladi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Jamoa futbolchilariga Chevrolet Cobalt avtomobillari, murabbiylar shtabiga esa Chevrolet Tracker avtomobili taqdim etiladi.
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bugun, 21 aprel kuni soat 19:00 da Toshkent shahridagi mahalliy aeroportda tantanali kutib olinishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi a’zolarini Osiyo chempionligi bilan tabriklagandi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr