Osiyo chempionatining ilk kuni o‘zbek bokschilari uchun omadli yakunlandi
Sport
−
19 aprel 2019
4989Avval xabar berganimizdek, bugun Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati start oldi. Musobaqaning dastlabki kuni o‘zbek sportchilari uchun omadli boshlandi.
O‘zbekistonliklar orasida birinchi bo‘lib -64 kg vazn toifasida Shunqor Abdurasulov ringga ko‘tarildi. Iroqlik Qadim Al-Ezirejga qarshi jang olib borgan o‘zbek bokschisi qiyinchiliksiz ikkinchi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Abdurasulovning keyingi bosqichdagi raqibi pokistonlik A.Ma’sud bo‘ladi.
Abdurasulovdan keyin, -69 kg vazn toifasida saralash bahsi doirasida boshqa bir o‘zbekistonlik bokschi Osiyo o‘yinlari chempioni Bobo-Usmon Baturov ringga ko‘tarildi.
Mo‘g‘ilistonlik Bayarku Ganbaatarga qarshi jang olib borgan Baturov raqibini mag‘lubiyatga uchratib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
LiveBarchasi