Osiyo chempionatidan navbatdagi medallar
Sport
−
13 iyul 2019
4278Tailandning Chon Buri shahrida sport kurashlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
MOQ Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, musobaqada erkin kurashchilar ham bahslarga kirishdi. Bugun o‘tkazilgan birinchi kun bellashuvlarida O‘zbekuiston vakillari 2 ta bronza medaliga egalik qilishdi.
65 kilogarmgacha vazn toifasida Bobur Islomov hamda 70 kilogramgacha vaznda kurashgan Mirkamol Beshimov shohsupaga ko‘tarilishdi. Islomov bronza medali uchun kechgan bellashuvda hindistonlik raqibini 5:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, Beshimov bu borada mezbon kurashchiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasining musobaqada jamg‘argan umumiy medallari hozircha 1 ta oltin, 4 ta kumush hamda 5 ta bronzani tashkil etmoqda.