Osiyo chempionati. O‘zbekistonlik 17 bokschi finalga yo‘l oldi

Sport

image

Kecha, 27 yanvar kuni Toshkent shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha U-22 Osiyo chempionatining yarim final bahslari o‘z yakuniga yetdi va g‘olibli uchun kurashuvchi bokschilar nomi aniq bo‘ldi. 

Qiziqarli va murosasiz saralash bellashuvlari yakunida 17 nafar o‘zbekistonlik bokschi finalda jang olib boradigan bo‘ldi. Endi ular ertaga 29 yanvar kuni qit’a chempionligi uchun ringga ko‘tariladi. Yarim finalda imkoniyatni boy bergan bokschilar esa bronza medali bilan musobaqani yakunladi.

O‘g‘il bolalar:
-48 kg: Asilbek Jalilov
-51 kg: Muxammadqodir Mamirjonov
-54 kg: Shaxzod Muzaffarov
-57 kg: Dilshod Abdumurodov
-60 kg: Xurshid Rasuljonov
-63,5 kg: Ruslan Abdullayev
-67 kg: Javlon Yo‘ldoshev
-71 kg: Azizbek Tojiyev
-75 kg: Abdulaziz Abdupattayev
-80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev
-86 kg: Timur Merjanov
+92 kg: Jahongir Zokirov

Qizlar:
-48 kg: Farzona Fozilova
-50 kg: Sabina Bobokulova
-52 kg: Feruza Kazakova
-54 kg: Nigina O‘ktamova
-63 kg: Moxinabonu Abdullayeva

Bronza medali sohiblari:
-92 kg: Javoxir Tog‘aymurodov
-57 kg: Sitora Turdibekova
-60 kg: Dilfuza Bekova

Eslatib o‘tamiz, musobaqa 30 yanvar kuni o‘z yakuniga yetadi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Osiyo chempionati Boks

Baholaganlar

32

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing