Osiyo chempionati: 7 nafar o‘zbek bokschisi finalda ringga ko‘tarildi

Sport

image

Bugun, 31 may kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha Osiyo chempionati o‘z yakuni yetdi. 

Chempionatning so‘nggi kechasida 7 nafar o‘zbekistonlik sportchi oltin medal uchun ringga ko‘tarildi. Ulardan olti nafari g‘alabaga erishib, oltin medallarga ega chiqdi.

Ushbu kechaning markaziy janggi +91 kg vazn toifasi vakillari — o‘zbekistonlik Bahodir Jalolov va qozog‘istonlik Kamshibek Kunkabayev o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik bokschi Qozog‘iston vakilini 5:0 hisobida mag‘lub etdi.

Shu tariqa, Bahodir Jalolov Osiyo chempionati oltin medaliga ega chiqdi. Qayd etish joiz, bu Bahodir va Kamshibek o‘rtasidagi o‘zaro oltinchi jang edi. Hisob 4:2, Bahodir foydasiga.

Avvalroq O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Nodirjon Mirzaahmedov (-49 kg), Shahobiddin Zoirov (-52 kg), Bobousmon Boturov (-69), Saidjamshid Ja’farov (-75) va Dilshodbek Ro‘zmetov (-81) finalni g‘alaba bilan yakunlab, Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgandi. Miraziz Mirzaxalilov (-56 kg) esa finalda mo‘g‘ulistonlik bokschiga mag‘lub bo‘ldi.

O‘zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatida 6 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi. Umumjamoa hisobida o‘zbekistonlik bokschilar birinchi o‘rinni egalladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

729

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing