Tirik konteyner: chegarada O‘zbekistonga narkotik olib kirayotgan afg‘onistonlik ushlandi
Jamiyat
−
12 may 2021
6132Bugun, 12 may kuni Surxondaryo viloyatidagi “Ayritom” chegara-bojxona postida O‘zbekistonga giyohvand moddasi olib kirayotgan Afg‘oniston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi xabar berdi.
Afg‘onistonlik erkak hayotini xavfga qo‘yib, giyohvandlik vositalarini ichki a’zolarida olib o‘tmoqchi bo‘lgan. Inson ta’na a’zolarini skanerlash qurilmasi ushbu shaxs organizimida kapsulalar mavjudligini ko‘rsatgan.
Shundan so‘ng Termiz shahri shifoxonalaridan birida jinoyatchining organizmidan 47 dona o‘ram chiqarib olingan. Aniqlanishicha, mazkur o‘ramlarda 423,42 gr “opiy” va 17 dona tabletka joylashtirilgan.
Ushbu holat yuzasidan hozir tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi