Ortiqxo‘jayevga yangi matbuot kotibi keldi. O‘zgarish bo‘ladimi?
Jamiyat
−
27 dekabr 2022 14338 1 daqiqa
Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmatiga va nihoyat rahbar tayinlandi. Furqat Mahmudxo‘jayevning iste’fosidan bir yil o‘tib, hokimlik Matbuot xizmati rahbari lavozimini Mukarram G‘aybullayevna Azimova egalladi.
Mukarram Azimova 1983 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2019 yildan hozirga qadar Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmatida bosh mutaxassis sifatida faoliyat yuritgan.
Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, Toshkent shahar hokimligi o‘tgan 5 yilda eng ko‘p matbuot kotibi o‘zgargan va anchagacha Matbuot xizmati rahbarisiz qolgan ijro organi sanaladi. Jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari hokimlikdan axborot ololmaslik, hokimlik mas’ullarining voqea-hodisalarga nisbatan munosabat bildirmasligi va Matbuot xizmati ko‘p hollarda OAVda e’lon qilingan materiallarga g‘azabnok munosabatda bo‘lishidan shikoyat qiladi.
Sohiba Komilovna
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr