Ortiqxo‘jayevga yangi maslahatchi tayinlandi
Jamiyat
−
06 dekabr 2020
7504Kecha, 5 dekabr kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 28-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Kengash qarori bilan Izzatbek Jo‘rayev Toshkent shahar hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.
Tayinlovga qadar Izzatbek Jo‘rayev Toshkent turizmni rivojlantirish boshqarmasi direktorining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Hokimning turizm va sportni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi lavozimi Prezidentning 2020 yil 19 iyundagi farmoniga binoan kiritilgan.
LiveBarchasi