Asosiy hissadori Ortiqxo‘jayev bo‘lgan “O‘zgazloyiha”ning davlat ulushi sotildi

Jamiyat

image

“O‘zgazloyiha” institutining 63,4 foiz davlat ulushi “Prime Tower Group” kompaniyasiga 21,5 mlrd so‘mga (1,95 mln dollar) sotildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, tenderga eng maqbul takliflarni tanlab olish asosida “Grant Thornton” xalqaro kompaniyasi xususiylashtirish bo‘yicha konsultant sifatida jalb etilgan va “Dentons” xalqaro yuridik kompaniyasi huquqiy ko‘maklashgan. Mazkur xususiylashtirish doirasida konsultantlarning faoliyatlari “UzAssets” tomonidan muvofiqlashtirilgan. 

Mulk 2021 yil 29 dekabrda kimoshdi savdosiga qo‘yilgan. Konsultant tomonidan loyihalash, qurilish hamda gaz va neft mahsulotlarini tashish xizmatlarini ko‘rsatuvchi 28 ta mahalliy va xorijiy kompaniyalarga jamiyat faoliyati to‘g‘risidagi investitsiya tizerlari yuborilgan. 

Taklif etilgan narx boshqa talabgorlar tomonidan taklif etilgan narx qiymatidan yuqori ekanini inobatga olib, “Prime Tower Group” MCHJ ommaviy tanlov g‘olibi deb topilgan. Natijada kompaniya “O‘zgazloyiha” loyiha institutining davlat ulushini 21,5 mlrd so‘mga (qariyb 1,95 mln dollar) xarid qilgan.

Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri ma’lumotlariga ko‘ra, “Prime Tower Group” MCHJ 2016 yil mart oyida ro‘yxatga olingan. Ustav kapitali 314 mln so‘m bo‘lgan korxona arxitektura sohasida faoliyat yuritadi. Muassislar Nodirbek Ibragimov (60 foiz) va Maxsud Xudayarov (40 foiz).

“O‘zgazloyiha”da ikkinchi eng katta ulush (34,5 foiz) Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga tegishli.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

219

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing