Ortiqxo‘jayev Toshkentda har qanday yig‘ilish o‘tkazishni taqiqladi

Jamiyat

image

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev kutilayotgan anomal sovuq munosabati bilan tegishli chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha topshiriq berdi.

Unga ko‘ra, 9 yanvardan 18 yanvargacha poytaxtdagi hokimliklarda, boshqarmalar va ularning tuman bo‘limlarida har qanday majlislar (jumladan, Zoom shaklida), tadbirlar, mas’ullarni asosiy faoliyatidan chalg‘ituvchi boshqa yig‘ilishlarni o‘tkazish taqiqlanadi.

Shuningdek, ko‘chada xizmat qilayotgan yo‘l harakati xavfsizligi xizmati va obodonlashtirish xodimlari issiq choy va yegulik, ixcham termos idishlari bilan ta’minlanadi.

Bundan tashqari, qolipli non ishlab chiqaruvchilarga gaz va elektr energiyasi uzluksiz yetkazib berilishi nazoratga olinadi.
Shahar jamoat transportining tizimli ishlashi choralarini ko‘riladi hamda markaziy va ichki yo‘llarni tezkorlik bilan qor va muzlamalardan tozalash tashkil qilinadi.

Boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan ko‘p qavatli uylar yo‘laklarini qor va muzlamalardan o‘z vaqtida tozalash ta’minlanadi. Elektr tizimida avariyalar tezkor bartaraf etiladi. 

Tug‘ruqxonalar, shifoxonalar, muruvvat va mehribonlik uylarining issiqlik ta’minotini alohida nazoratga olish, ulardagi mavjud elektr generatorlarini yoqilg‘i bilan ta’minlash, to‘xtovsiz ishlashi uchun shay holatga keltirish ham mas’ullarga yuklatildi. Shuningdek, 2 kun muddatda 103 tez tibbiy yordam mashinalarini tibbiy anjom va dori vositalari bilan ta’minlanganlik darajasini ko‘zdan kechirib, yetishmovchiliklarni to‘ldirish ham topshirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing