Ortiqxo‘jayevning hokim lavozimidan olingani haqida gaplar tarqaldi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev egallab turgan lavozimidan ozod etilganii haqida xabarlar tarqaldi.

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, poytaxtga amaldagi Bandlik va mehnat vaziri Nozim Husanov hokim etib, tayinlanishi mumkin.

Mazkur xabarlarga izoh olish uchun Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati bilan bog‘langanimizda, ular bu ma’lumotni tasdiqlamadi.

Qayd etish kerakki, Toshkent shahar (va viloyatlar) hokimi o‘zgarishi uchun amaldagi rahbar xalq deputatlari kengashi sessiyasida ishdan olinib, yangi nomzod ma’qullanishi kerak. Shundan so‘ng, Prezident farmoni bilan nomzod rasman lavozimga tayinlanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlat kengashida ishtirok etish uchun Turkiyaga jo‘nab ketgan. Davlat rahbarining safari bugun yakunlanishi aytilgan.

Ma’lumot uchun, Jahongir Ortiqxo‘jayev 2018 yilda Toshkent shahar hokimi etib tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

3108

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing