Ortiqxo‘jayev Senat majlisida qanday muammoni ko‘tardi?

Jamiyat

image

Videokonferensiya shaklida o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n birinchi yalpi majlisida Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev uchdan ortiq qavatli uy-joylar qurilishi aholi norozigini keltirib chiqarayotganini aytdi.

“Keyingi paytlarda ayrim fuqarolarimiz tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurilish ishlarini amalga oshirish holatlari ko‘payib ketdi. Hususan, Toshkent shahrida yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasida ko‘p qavatli kvartirali uylar qurish holatlari ortib bormoqda. Buning oqibatida qurilgan ko‘p qavatli kvartiralar uylaridagi muhandislik-kommunikatsiyalar tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va ayrimlari quvvati yetmay, ayrimlarida turli xil avariya holatlarini keltirib chiqarmoqda”, deydi Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev.

Hokimga ko‘ra, uchdan ortiq qavatli uylar qurilishi shu uylar atrofidagi aholining noroziligi va kommunal muammolarini ortishiga olib kelmoqda.

“2020 yil xatlov o‘tkazilganda, yuzdan ortiq yangi tartibdagi uy joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkalarida uch va uchdan ortiq qavatli uy-joylar qurilgan. Ushbu holatlar shu uylar atrofidagi aholining noroziligini va kommunal muammolarini ortishiga olib kelmoqda”, deydi Ortiqxo‘jayev.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

627

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing