Ortiqxo‘jayev ortidan uning yordamchisi ham ishdan ketdi

Jamiyat

image

Sobiq Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning yordamchisi Muzaffar Abdurahmonov lavozimidan ketdi. Bu haqdagi qarorni hozirda poytaxt hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov imzolagan.

Qarorda keltirilishicha, Muzaffar Abdurahmonov o‘z xohishiga ko‘ra ishdan bo‘shash bo‘yicha ariza yozgan. Shundan so‘ng, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan. 

Biroq sobiq hokim yordamchisining qanday sabab bilan ishdan bo‘shatilganiga aniqlik kiritilmagan.

Ma’lumot uchun, Muzaffar Abdurahmonov 1988 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2011 yilda Toshkent avtomobil yo‘llari institutini, 2016 yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasidan boshlab, turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 

Shuningdek, u Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi Soliq sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi boshlig‘i lavozimida ham ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 16 yanvar kuni Prezident huzurida bo‘lib o‘tgan energiya resurslari ta’minoti yuzasidan yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev sobiq Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevni ishdan olganini e’lon qildi. Uning ma’lum qilishicha, Ortiqxo‘jayev ogohlantirishlarga qaramay qishga lozim darajada tayyorgarlik ko‘rmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing