Ortiqxo‘jayev “Istiqlol” majmuasi qurilishi yuzasidan jamoatchilik bilan uchrashadi

Jamiyat

image

Ko‘plab noroziliklar ortidan Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev “Moviy gumbazlar” restorani yonidagi xiyobonda O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab barpo etiladigan “Istiqlol” majmuasi masalasi yuzasidan jamoatchilik bilan uchrashadi. Bu haqda shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, uchrashuv ertaga 13 fevral kuni, soat 12:00 da “Moviy gumbazlar” restorani yonidagi xiyobonda  bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, loyihaga tanlov e’lon qilinganidan ko‘p o‘tmay bir guruh faollar bunga qarshi petitsiya boshladi. Unga 7 mingdan ortiq kishi ovoz berdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar hokimligining rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab barpo etiladigan “Istiqlol” majmuasi bo‘yicha e’lon qilingan tanlov qizg‘in munozaralarga sabab bo‘ldi.

Bunda asosiy e’tiroz “Istiqlol” majmuasi Toshkentning o‘z tarixiga ega bo‘lgan “Moviy gumbazlar” xiyobonida qurilishiga bo‘lgan. Negaki, majmua qurilishi u yerdagi ko‘p yillik daraxtlarning kesilib ketishiga olib kelishi mumkin edi.

“Bugundan e’tiboran Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan “Istiqlol” majmuasi barpo etilishi belgilangan hududdagi barcha daraxtlar xatlovdan o‘tkaziladi va muhofazaga olinadi”, deyiladi hokimlik bayonotida.

Unga ko‘ra, Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan “Istiqlol” majmuasi barpo etilishi belgilangan hududdagi barcha daraxtlar xatlovdan o‘tkaziladi va muhofazaga olinadi.

Keyinroq Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ushbu voqelarga munosabat bildirib, jamoat va shahar aholisining fikrini e’tiborga olmasdan shahar jamoat joylarini tubdan o‘zgartirish mumkin emasligini ta’kidladi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

154

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing