Ortiqcha xolesterinni teri rangidan bilish mumkinligi aytildi
Salomatlik
−
01 fevral 2022
10232Kam harakat qiladigan va noto‘g‘ri ovqatlanadigan odamlar duch keladigan xolesterin miqdorining oshishini oyoqlardagi ikkita belgidan mustaqil ravishda aniqlash mumkin. Bu haqda “The Sun” yozmoqda.
“Agar oyoq tirnoqlaringiz mo‘rt bo‘lib qolganini yoki ularning o‘sishi sekinlashganini, lekin turmush tarzingizda boshqa o‘zgarishlar ro‘y bermayotganini sezsangiz, buning o‘zi ham tekshiruvdan o‘tish uchun imkoniyatdir”, deyiladi nashrda.
Britaniya yurak jamg‘armasi mutaxassislarining ta’kidlashicha, buning sababi yuqori xolesterin darajasi tufayli oyoqlarga qon oqimining qiyinligi bo‘ladi.
Qo‘rqish kerak bo‘lgan ikkinchi omil — bu qon oqimining yetarli emasligini ko‘rsatadigan terining ko‘rinishidagi o‘zgarish.
“Periferik qon tomir kasalliklarida oyoqlarda tuk o‘sishi sekinlashadi, teri oqarib ketadi yoki ko‘karadi, davolanmaydigan yaralar paydo bo‘ladi, tirnoqlar qalin bo‘lib, xiralashadi”, deyiladi materialda.
Maqola mualliflariga ko‘ra, yuqori xolesterin xavfi guruhiga gipertoniya va diabet bilan og‘rigan odamlar ham kiradi.
LiveBarchasi