“Oriyonbank” raisi o‘rinbosari qiynoqqa solib o‘ldirilgani aniqlandi

Olam

image

Joriy yilning iyun oyida Dushanbeda noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan Tojikiston “Oriyonbank” banki boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Ismatulloyev o‘ldirilgan. Tojikiston Bosh prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyat ishi bo‘yicha besh kishi qo‘lga olingan, bir qancha gumonlanuvchilar xorijga qochishga muvaffaq bo‘lgan, ulardan biri Kishinyov (Moldova) aeroportida otishma vaqtida otib o‘ldirilgan. 

“[Hujum qilganlar] fuqaro Sh.A.Ismatulloyevni jismoniy kuch, shovqinli avtomat, fen va boshqa vositalar yordamida qiynoqqa solib, o‘ldirgan”, deyiladi xabarda. 

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, bankirning jasadi Zarafshon daryosiga tashlangan, qidiruv ishlari davom etmoqda. 

Mamlakat Bosh prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, jinoiy ish bo‘yicha ayblanuvchilar joriy yilning 23 iyun kuni Dushanbedagi bank top-menejerini o‘g‘irlab, shahar tashqarisiga olib chiqqan uyushgan jinoiy guruhning 10 dan ortiq a’zosi bo‘lgan.  

“Hozirda ushbu jinoyat ishi doirasida uyushgan jinoiy guruhning besh nafar a’zosi qo‘lga olindi”, deya qo‘shimcha qildi prokuratura. 

Guruhning qolgan a’zolari qidirilmoqda, prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, ish bo‘yicha ikki ayblanuvchi Rossiyaga, biri Turkiyaga, ikkinchisi Rustam Ashurov Moldovaga qochgan, u yerda 30 iyun kuni mamlakatga kiritilmagan va u Kishinyov aeroportida o‘t ochgan, oqibatda chegara politsiyasi xodimi va aeroport xavfsizligi xodimi halok bo‘lgan. Keyinroq Ashurov olgan jarohatlaridan shifoxonada vafot etgan. Prokuratura boshqa mamlakatlar huquq-tartibot idoralari bilan birgalikda hujumchilarni qo‘lga olish choralarini ko‘rayotganini ta’kidladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Shuhrat Ismatulloev Oriyonbank

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar