OPEK+ davlatlari bir-biri bilan kelisha olmadi

Olam

image

Kecha, 9 aprel kuni bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijalariga ko‘ra OPEK+ davlatlari kelishuvga erisha olmadi. Bu haqda  Qozog‘iston Energetika vazirligi matbuot xizmatiga tayanib, RIA Novosti xabar bermoqda.

Vazirlik o‘n bir soat davom etgan muzokaralar natijasida tomonlar murosaga kelmaganligi haqida xabar bergan.

“Qozog‘iston, o‘z navbatida, kelajakda neft qazib olishni umumiy qisqartirish bo‘yicha konsensusga erishilishiga umidini yo‘qotmaydi”, deyiladi Energetika vazirligi xabarida.

Shu bilan birga, RIA Novosti vaziyatdan xabardor bo‘lgan ikki manbaga tayanib, OPEK + davlatlari o‘rtasida neft qazib olishni yangi qisqartirish bo‘yicha muzokaralar bugun, 10 aprelda davom etishini xabar qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

115

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing