Onlayn reytingda O‘zbekiston havosi eng iflos davlat deb topildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha onlayn reytingda O‘zbekiston Hindistonni ortda qoldirib, birinchi o‘rinni egalladi. Datchiklar poytaxt – Toshkentning ifloslanish darajasini 492 AQI ko‘rsatgan.

Reytingda O‘zbekistondan keyin Hindiston, Xitoy, Qirg‘iziston va Meksika joy oldi. Gvatamela, Daniya, Gibraltar, Bruney-Darussalam va Islandiya mamlakatlariga esa so‘nggi o‘rinlar nasib qildi. 

Ta’kidlash kerakki, havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha onlayn reytingda Turkmanistondagi havo O‘zbekistondagidan 4 barobarga toza ekanligi aks etgan. Mamlakatning ifloslanish darajasi 72 AQI ni ko‘rsatgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 4 noyabr kuni O‘zbekistonning qator hududlarida, jumladan, Toshkent shahri, Sirdaryo va Buxoro viloyatlarida kuchli shamol esib, qumli bo‘ronlar hosil bo‘ldi. Ko‘rish darajasi 500-1000 metrgacha pasaydi. Buning oqibatida tuproqning juda quruq ustki qatlami ko‘tarilib, atmosfera havosidagi chang miqdori belgilangan me’yordan 30 barobar oshdi. 

Shamol avj olgan mahalda AQSHning Toshkentdagi elchixonasiga o‘rnatilgan havoning ifloslanishini aniqlash moslamasi poytaxt havosini “o‘ta nosog‘lom”, deb baholadi.

“O‘zgidromet” kuzatuvlariga ko‘ra, so‘nggi 150 yil ichida O‘zbekistonda bunday changli g‘ubor hodisasi kuzatilmagan. Sinoptiklar 12 noyabrgacha mamlakatda yog‘ingarchilik kutilmayotganini, shu sababli havodagi chang yana bir muddat saqlanib qolishi mumkinligini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

328

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing