Yangi virus neft narxiga ham ta’sir ko‘rsatdi

Olam

image

Neft narxi Xitoyda tarqalgan yangi virus sababli tushib ketishi mumkin. Goldman Sachs mutaxassislarining fikriga ko‘ra, uning narxi barreliga uch dollarga pasayishi taxmin qilinmoqda. Bu haqda tushishi narxi bir barrel uchun uch dollarga tushishi mumkin. Bu haqda “Reuters” xabar bermoqda.

Tahlilchilar 2003 yilda atipik pnevmoniya (atipik – oddiy bo‘lmagan, murakkab shamollash; bu kasallik og‘ir o‘tkir respirator sindromi (SARS) deb ham ataladi) tarqalishi tufayli yuzaga kelgan vaziyat yana takrorlanishi mumkinligini taxmin qilishmoqda. O‘shanda kasallik tufayli Osiyodan kelgan sayyohlar soni keskin kamayib ketgan, ba’zi aeroportlarda parvozlarning ko‘pi bekor qilingan edi. 

Agar aviatsiya yoqilg‘isi iste’moli pasayib ketsa, bu neftga bo‘lgan talabni kuniga 170 ming barrelga kamayishiga olib keladi, deya xulosa qilmoqda Goldman Sachs mutaxassislari.

Bloomberg, o‘z navbatida, neft narxi allaqachon pasayib borayotganini ta’kidlamoqda. 22 yanvar holatiga ko‘ra, bir barrel neft narxi 64 dollarga yaqinlashdi. Tahlilchilarning aytishicha, agar Xitoy hukumati infeksiyaga qarshi choralar ko‘rmasa, mamlakat iqtisodiyoti zarar katta zarar ko‘radi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

174

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing