Ommaviy janjallarda qatnashgan muhojirlar Rossiyadan chiqarib yuboriladi

Jamiyat

image

Ommaviy janjallarda qatnashgan chet elliklar Rossiya hududidan chiqarib yuboriladi. Ularga qayta mamlakatga kirish taqiqlab qo‘yildi. Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bergan. 

Rossiyada so‘nggi paytlarda muhojirlar ishtirokidagi mojarolar ommaviy janjallarga aylanib ketmoqda va bu janjallar oqibatida hatto amaldorlarga ham kuch ishlatilib, davlat idoralarining normal faoliyatiga to‘sqinlik qilish holatlari ham kuzatilgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, chet el fuqarolari Amur, Moskva, Sverdlovsk viloyatlari va Dog‘iston Respublikasi, Moskva hamda Sankt-Peterburgda  to‘qnashuvlar uyushtirgan va  jamoat tartibini buzganlarga 15 kunlik ma’muriy qamoq jazosi belgilandi. Shuningdek, ma’muriy sud Rossiya Federatsiyasiga kirishni taqiqlovchi buyruq chiqargan.

“Qilingan xatti-harakatlari uchun ushbu xorij fuqarolarining Rossiyaga kirishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Agar ular Rossiya Federatsiyasi hududidan o‘zlari chiqib ketmasa, deportatsiya qilish choralari ko‘riladi”, deyiladi Ichki ishlar vazirligining rasmiy saytida.

Ma’lumot o‘rnida, Markaziy Osiyo mamlakatlaridan kelgan 200 ga yaqin muhojir ishtirokidagi so‘nggi yirik jang 13 iyulga o‘tar kechasi Moskvaning Kuzminki metrosi yonida bo‘lib o‘tdi. Ularning yuzdan ortig‘i politsiya tomonidan hibsga olingan. Huquqni muhofaza qilish idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, mojaro maishiy asosda qirg‘iz va tojik diasporalari vakillari o‘rtasida kelib chiqqan, ammo bunga boshqa Markaziy Osiyolik migrantlar ham aralashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

109

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing