Ommaviy va ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazishga qo‘yilgan cheklovlar shartli bekor qilindi

Jamiyat

image

Madaniy-ko‘ngilochar, ommaviy tadbirlar va yig‘ilishlarni o‘tkazish tartiblariga o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida O‘zbekistonda karantin talablarini qisqartirish orqali aholiga madaniy va ma’naviy hordiq chiqarish hamda dam olishlarini mazmunli o‘tkazish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalasi atroflicha muhokama qilingan.

Xususan, tegishli mutasaddi tashkilotlarning takliflarini inobatga olgan holda, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 2021 yil 20 sentyabrdan boshlab mamlakatda tomosha, madaniy-ko‘ngilochar (teatr, kinoteatr, konsert zallari), ommaviy tadbirlar va yig‘ilishlarni ochiq maydonlar hamda yopiq majmualarda o‘tkazishga ruxsat berildi. 

Madaniy-ko‘ngilochar, ommaviy tadbirlar va yig‘ilishlarni o‘tkazishda quyidagi karantin cheklovlariga rioya etish talab qilinadi:

•    madaniy-ko‘ngilochar ob’ektlar (teatr, kinoteatr, konsert zallari) ishchi va xodimlari hamda ommaviy tadbirlar tashkilotchilari va xizmat ko‘rsatuvchilari bo‘lgan shaxslar (salomatligi bo‘yicha qarshi ko‘rsatma bo‘lgan xodimlari bundan mustasno) koronavirusga qarshi vaksinaning (turidan qat’i nazar) kamida 2 ta dozasi bilan emlanganligi to‘g‘risidagi QR-kodli sertifikati mavjud bo‘lishi lozim;

•    madaniy-ko‘ngilochar (teatr, kinoteatr, konsert zallari faoliyati) va ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda tashrif buyuruvchilar:

•    tibbiy niqobda bo‘lish;

•    antiseptik vositalardan foydalanish;

•    kirish joylarida tana haroratini o‘lchash kabi muhim sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etishlari shart.

Shu bilan birga madaniy-ko‘ngilochar (teatr, kinoteatr, konsert zallari faoliyati) va ommaviy tadbirlarni o‘tkazish ob’ektlariga faqatgina koronavirusga qarshi vaksina bilan emlanganligi to‘g‘risidagi QR-kodli sertifikati mavjud bo‘lgan tashrif buyuruvchilarni kiritilishi (salomatligi bo‘yicha qarshi ko‘rsatmalar bo‘lgan fuqarolar bundan mustasno) tavsiya etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

52

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing