“Omicron”ning eng keng tarqalgan alomati ma’lum bo‘ldi

Salomatlik

image

Tomoqdagi qichishish va og‘riq koronavirusning “omicron” shtammi bilan kasallanganlikdan darak beruvchi eng keng tarqalgan alomatlardir. Bu haqda NBC Chicago telekanali Chikago jamoat sog‘liqni saqlash departamenti komissari Ellison Arvadiga tayanib xabar qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday alomat bo‘lganida koronavirusga test topshirgunga qadar “omicron” bilan kasallangan bo‘lishi mumkinligini aytish mumkin.

Shifokor “omicron” yuqtirganlarda boshqa shtammlar bilan kasallangan odamlar qaraganda hid bilish hissi yo‘qolmasligi bilan farq qilishini ta’kidlagan.

Arvadi tomog‘ida og‘riq sezayotgan kishilarga uyda qolishlarini tavsiya qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

4451

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing