Ombudsmanning hududiy vakillari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Jamiyat

image

Ombudsmanning joylarda doimiy asosda ishlovchi mintaqaviy vakillari lavozimlari joriy qilinadi. Bu haqda Prezidentning kecha,10 sentyabr kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan.

Ombudsman mintaqaviy vakillari, jumladan: 

•    inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydi, inson huquqlari monitoringini tashkil etadi va o‘tkazadi;
•    fuqarolarning shikoyatlarini qabul qiladi va ko‘rib chiqadi, ularning buzilgan huquqlarini tiklashda ko‘maklashadi.

Ombudsmanning mintaqaviy vakillari o‘zlarining faoliyatida bevosita Ombudsmanga hisobdordir.

Farmonga ko‘ra shuningdek, yangi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

55

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing