Ombudsmanga o‘rinbosar saylandi
Jamiyat
−
30 Sentabr 2023
6085Bekzod Narimanov Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga o‘rinbosar etib saylandi. Uning nomzodi bugun, 30 sentyabr kuni Senatning 45-yalpi majlisida ma’qullandi.
Ma’lumot uchun, Narimonov bunga qadar Toshkent davlat yuridik universitetining bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlagan. U yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 avgust kuni deputatlar Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili o‘rinbosarini saylash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqqan edi. Muhokamalardan so‘ng Bekzod Narimonov mazkur lavozimga saylangan va bu haqdagi qaror Senatga yuborilgandi.
LiveBarchasi