Ombudsman Ichki ishlar vazirligiga murojaat qildi

Jamiyat

image

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili yo‘llardagi ta’mirlash ishlari haqida fuqarolarni oldindan xabardor qilish va ularni mazkur sabablarga ko‘ra jarimaga tortmaslikni so‘rab Ichki ishlar vazirligiga murojaat qildi. Ushbu murojaat Ombudsmanning internetdagi rasmiy saytiga joylangan.

“Ma’lumki, avtomobillar harakatlanish yo‘llarida vaqti-vaqti bilan tuzatish, ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi. Lekin, ba’zi hollarda haydovchilar to‘sib qo‘yilgan yo‘llar sabab, yo‘l qoidalarini buzishga majbur bo‘lishmoqda”, deya vaziyatga izoh berilgan murojaatda.

Ombudsman bu kabi holatga ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan 2022 yil 21 sentyabr kuni Toshkent shahar Olmazor tumani Ziyo – Shifonur ko‘chalari kesishmasida kuzatilgan vaziyatni misol tariqasida keltirgan.

Unda yo‘lning transport harakatlanish qismida amalga oshirilayotgan tuzatish ishlari davomida yo‘lning bir qismi yopib qo‘yilgani va tegishli maxsus belgi bilan aylanib o‘tish lozimligi ko‘rsatilgandi. 
Biroq aylanib o‘tish oqibatida haydovchilar yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish tomoniga o‘tishlariga to‘g‘ri kelgan. Bu esa maxsus kameralarga tushib qolib, haydovchilar jarimaga tortilgan.

Shundan so‘ng, yo‘llardagi ta’mirlash ishlari sabab qoidani buzishga majbur bo‘lgan beayb haydovchilarni jarimadan ozod etish Ichki ishlar organlarining YHX bo‘limlari tomonidan emas, sudlar tomonidan ko‘rib chiqilishi ijtimoiy tarmoqda ko‘pchilik fuqarolarning o‘rinli e’tirozlariga sabab bo‘lgandi.

“Mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar fuqarolar ovoragarchiligini oldini olish va ularga adolatli munosabatda bo‘lishga asoslangan. Yuqoridagi holat esa haydovchilarning ortiqcha xarajat qilishiga va ovoragarchiligiga sabab bo‘lmoqda”, deb ta’kidlanadi Ombudsmanning IIVga yo‘llagan maxsus murojaatida.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

260

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing