Ombudsman IIB xodimlariga “dakki berdi”
Jamiyat
−
24 yanvar 2023
10073Shu yilning 20 yanvar kuni Andijon viloyati Asaka tumanidagi gaz quyish shaxobchalaridan birida ichki ishlar organi xodimi fuqaroni kaltaklagani haqida xabar bergan edik.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) bugun, 24 yanvar kuni holat yuzasidan rasmiy munosabat berib, jamoat tartibini saqlashga mas’ul bo‘lgan xodimlarni xizmat paytida ortiqcha xis-hayajonga berilmaslikka chaqirdi.
“Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) e’tiborini tortgan ushbu holat nazoratga olinib, uning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan 20 yanvar kuni joyiga chiqib o‘rganildi. Ijtimoiy tarmoqlarda jabrlanuvchi sifatida ko‘rsatilgan aka-uka O.R. va O.J.lar hamda ularning yaqin qarindoshlari bilan suhbatlashilganda, ular xaqiqatdan xam xech kimning tazyiq va zo‘rvonligisiz, o‘z xohishlari bilan raddiya berganliklarini malum qilishdi”, deyiladi xabarda.
Rasmiy munosabatda aytilishicha, hozirda ushbu holat yuzasidan Asaka tumani prokuraturasi tomonidan tergov oldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Videoxabarda fuqarolarga jismoniy kuch ishlatgan xodimga nisbatan viloyat IIB tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.
“O‘zaro janjal paytida qo‘pol muomalada bo‘lgan fuqarolarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish so‘nggi chora sifatida, tegishli normativ-hujjatlarga muvofiq qo‘llanilishi zarur” deya ogohlantirish berilgan Ombudsman Axborot xizmati munosabatida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdagi “Bek baraka” bozorida Ichki ishlar xodimlari keksa ayolga kuch ishlatib, buyumlarini olib qo‘ygani, holat yuzasidan Ichki ishlar bosh boshqarmasining rasmiy izohi haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi