Ombor mudiri va haydovchi tadbirkorning 763 mlnlik mulkini yeb yubordi
3-sahifa
−
26 iyul 2021 6367 1 daqiqa
Toshketda ombor mudiri hamda haydovchisi tadbirkorning 763 million so‘mlik mulkini o‘zlashtirib yubordi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.
Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “G” MCHJ ombor mudiri H.Z. ismli shaxs, haydovchisi Sh.X. ismli shaxs va boshqalar oldindan til biriktirib tadbirkorning 763 million so‘mlik mulkini o‘zlashtirib yuborgani aniqlandi. Ular o‘ziga ishonib topshirilgan tibbiy buyum hamda dori vositalarini boshqa shaxslarga sotib yuborib, jamiyatning mulkini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganlar.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr