“OMAD START” bilan biznesga start bering. Sizni kam xarajat va ko‘p daromad kutyapti
Biznes
−
14 mart 2022 10415 4 daqiqa
Katta yer maydoni bor va hosil unumdorligida suvni yuqori darajada tejamoqchi bo‘lgan dehqonlar diqqatiga!
Siz qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirasizmi? Balki yer maydonini suv bilan ta’minlashda muammolarga duch kelayotgandirsiz? Ekkan hosilingizda kasalliklar, yer maydoningizda begona o‘tlarning tarqalishini kuzatyapsizmi? Bizda bu muammoingizga aniq yechim bor!

Joriy yilning 2-4 mart kunlari Samarqand viloyati Jomboy tumanida barpo etilgan “Sof expo Samarkand” ko‘rgazma majmuasida “Qishloq xo‘jalik texnikalari va texnologiyalari – AGROPRO EXPO – 2022” ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Majmuada ilk bor o‘tkazilgan “AGROPRO EXPO – 2022” ko‘rgazmasida Respublikaning bir nechta viloyat va tumanlarida muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar ishtirok etdi. Ular orasida o‘zining ilg‘or loyihalari bilan ko‘zga ko‘ringan “OMAD START” MCHJ ham bor.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarning hosildorligini oshirish borasida Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 11 dekabrdagi “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada jadal tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va joriy yil 1 mart kuni qabul qilingan “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari asosida ish olib borayotgan “OMAD START” MCHJ Respublikaning bir nechta viloyat va tumanlarida samaralia faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

“OMAD START” qanday kompaniya?
2017 yilda tashkil etilgan “OMAD START” MCHJ 2019 yildan suv tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish sohasida keng qamrovli ishlarni amalga oshira boshladi. “OMAD START” tomonidan 2021 yil qariyb 20 000 gektar yer maydonlariga tomchilab va yomg‘irlatib sug‘orish tizimlari joriy qilingan. Joriy yilda esa 30 000 gektardan ortiq yer maydonlariga xuddi shunday texnologiyalarni joriy etish rejalashtirilgan. Bu borada fermer xo‘jaliklari va klasterlar bilan shartnomalar ham imzolangan.
“OMAD START” MCHJ jahon andozalari darajasida qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish, yetkazib berish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha O‘zbekistondagi yetakchi va jadal rivojlanayotgan korxonalardan biri hisoblanadi. Xususan, tomchilatib sug‘orish uskunalarini yetkazib berish, o‘rnatish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish korxona faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Tomchilatib sug‘orishda suv to‘g‘ridan-to‘g‘ri madaniy o‘simliklar va ekinlarning ildiz qismiga tomizg‘ichli dispenserlar yordamida tartibga solinadigan kichik miqdorda yetkazib beriladi. Suv va boshqa resurslarni (o‘g‘itlar, mehnat xarajatlari, energiya va quvurlar) sezilarli darajada tejash imkonini beradi. Shuningdek, bu sug‘orish usuli erta hosil olish, tuproq eroziyasining oldini olish, kasalliklar va begona o‘tlarning tarqalish ehtimolini kamaytiradi.

Nega aynan “OMAD START”?
• “OMAD START” xodimlariga eng yaxshi ta’lim va ish muhitini taklif qilish orqali mijozlariga ham eng yuqori sifatdagi ajoyib xizmatni taqdim etishga intiladi.
• “OMAD START” mijozlariga yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatish va ularning ishonchlarini oqlash uchun har bir mijoz bilan alohida ishlaydi.
• Ko‘p yillik tajriba va eksklyuziv dilerlik shartnomalari kompaniyaga qishloq xo‘jaligi texnikasini to‘liq yetkazib berishni uzluksiz ta’minlash imkonini beradi.
• Kompaniya mijozlarning talab, taklif, istak va shikoyatlariga munosib e’tibor qaratadi, ularning barcha so‘rovlarini zudlik bilan ko‘rib chiqib, kerak bo‘lganda zarur choralar ko‘radi.
• “OMAD START” kompaniyasi tavsiya etadigan barcha texnikalar xorijiy talablarga to‘liq javob beradi.

“OMAD START”ning rejalari
Shuni alohida ta’kidlash joizki, suv tejaydigan texnologiyalarining ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish va mahalliylashtirish maqsadida “OMAD START” MCHJ Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida zavod qurmoqda. Ushbu zavod qurilishida mavjud bo‘lgan nafaqat ichki ehtiyojlarni qondirish, shuningdek, bu borada tayyor mahsulotlarni eksport qilish reja qilingan.
Ahamiyatlisi shuki, ishlab chiqarilgan mahsulotning 55 foizi ichki bozor, qolgan 45 foizi esa eksportga yo‘naltiriladi. Dastlabki muzokaralarda qozog‘istonlik hamkorlar 1 000 gektar yer maydoniga mo‘ljallangan suv tejaydigan texnologiyalarga ehtiyoj borligini qayd etishdi. Ushbu zavod O‘rta Osiyoda yagona quvvatga ega bo‘lgan ishlab chiqarish majmuasi bo‘ladi. Zavodning ochilishi 2022 yil iyun oyiga rejalashtirilgan.

“OMAD START”ning ta’kidlashicha, biznesning 25 dan 50 foizigacha bo‘lgan muvaffaqiyati qishloq xo‘jaligi sohasida foydalanadigan texnikaga bog‘liq. Bugungi kunda qishloq aholisi uchun texnologiya masalasi har qachongidan ham dolzarbdir. O‘zbekistonda iqlim sharoiti keskin o‘zgarib, dala ishlarini bajarish muddatlari (ayniqsa, bahorda) minimal darajaga tushirildi. Bunday sharoitda sifatli va samarali qishloq xo‘jaligi texnikasi mavjud bo‘lgandagina yerni shudgorlash, ekish, yig‘im-terim ishlarini yirik kampaniyalar nosozlik va talafotlarsiz o‘tkazishi mumkin. Bunda sizga “OMAD START” kompaniyasi yordachi bo‘la oladi.
Uch yillik tajribaga ega kompaniya, 140 dan ortiq ahil jamoa, 106 xil turdagi texnikaga ega bo‘lgan “OMAD START” bilan uch barobar ko‘p hosildorlikka erishing!
“OMAD START” MCHJ haqidagi barcha ma’lumotlarni ushbu havola orqali bilib olishingiz mumkin
Ma’lumot uchun: +998956511111 +998900125000
“OMAD START” ni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Instagram
Elektron pochta: info@omadstart.uz
Reklama huquqi asosida.
Live
Barchasi