“Oltinni ko‘p ushlab turishimiz kerak emas,” — Moliya vaziri o‘rinbosari

Jamiyat

image

O‘zbekistonning xalqaro rezervlardagi puli hozirda 22 mlrd dollarni tashkil etadi. Bu haqda Moliya vaziri o‘rinbosari Odilbek Isoqov “Davlat qarzini samarali boshqarish” mavzusida o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

Qayd etilishicha, bu qiymatning yarmi oltin, yarmi valyuta ko‘rinishida. Faqat banklarga depozit qo‘yavermasdan bosqichma-bosqich moliyaviy bozorlarga chiqishni ham yo‘lga qo‘yish kerak. 

“Shu orqali depozitlardan ko‘ra ko‘proq foyda olib kelish imkoniyatlari mavjud. Oltinni ham aslida ko‘p ushlab turishimiz kerak emas. Oltin o‘zi ko‘p, u bizga hech qanaqa pul keltirmaydi. Oltinni pul keltiradigan, foiz hisobida foyda keltiradigan narsalarga tikish kerak”, dedi Odilbek Isoqov.

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari tijorat banklari orqali katta davlat tashkilotlariga yo‘naltirilgan, shunday vaziyatda davlat qarz “risk”lariga kafolat bergan.

“Garchi hukumat puli davlat tashkilotiga ketsa-da, biz buni qarz, deb tan oldik. Har qanday “risk”da mablag‘larni davlat to‘lab berishi kerak“, dedi vazir o‘rinbosari.

Mutasaddilar o‘tgan yildan buyon davlat ichki kapital bozorda obligatsiyalarni sotuvga chiqarganini aytib o‘tdi. Joriy yilda obligatsiyalar orqali 1-3 yil muddatga 850 milliard so‘mlik qarz olingan.


Maqola muallifi

Teglar

oltin

Baholaganlar

49

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing