Oltin va benzin narxi pasaydi
Jamiyat
−
23 Oktabr 2019
6140O‘zbekiston Respublikasi tovar xomashyo birajasida o‘tkazilgan birja savdo natijalariga ko‘ra oltin va AI-91 rusumli benzin narxi biroz pasaydi.
Shu yilning 14-19 oktyabr kunlari mobaynida qimmatbaho metallar bozorida ayrim o‘zgarishlar kuzatildi.
Savdo yakunlariga ko‘ra, O‘zRTXBda 45,4 million so‘mlik 100 gr Au-1 markali oltin sotilgan. Birja savdolarida sotuvchi sifatida “Olmaliq KMK” AJ ishtirok etdi. Birja kotirovkasi so‘nggi savdo yakunlariga nisbatan 0,3 foizga pasayib, 1 gramm oltin uchun 454,4 ming so‘mni tashkil qilgan.
3 ming 32,0 tonna AI-91 rusumli benzin birja savdolariga qo‘yildi va shundan 2 ming 388,3 tonnasi sotildi.
So‘nggi savdo haftasida AI-91 rusumli benzini bo‘yicha shakllangan birja kotirovkasi avvalgi haftaga nisbatan 0,3 foizga pasayib, bir tonnasi uchun 6 ming 243,6 ming so‘mni tashkil etdi.
O‘tgan haftada suyultirilgan gaz ishlab chiqaruvchilari birja savdolari orqali 17,6 milliard so‘mlik 5 ming 851,0 tonna suyultirilgan gaz sotdi. Gazning birjada shakllangan narxi oldingi haftaga nisbatan 8,5 foizga o‘sib, bir tonna uchun 3 ming 2,8 ming so‘mni tashkil etdi.
Paxta tolasi bozorida yuqori darajadagi talab saqlanmoqda. O‘tgan hafta 1 nav 4 tip (oliy klass)dagi paxta tolasi bo‘yicha narxlar 7,9 foizga o‘sib, bir tonna uchun 14,6 million so‘mni tashkil etdi. Paxta tolasini 2019 yil hosili boshqa navlarining narxlari o‘rtacha 7,3 million so‘mdan 13,0 million so‘mgacha bo‘ldi.
LiveBarchasi