“Oltin to‘p”ga da’vogarlarning yangilangan reytingi e’lon qilindi

Sport

image

Angliyaning “Goal”nashri “Oltin to‘p”ga nomzod 20 ta futbolchining yangi ro‘yxatini e’lon qildi. Ushbu reytingda hamon Madridning “Real” klubi hujumchisi Karim Benzema yetakchilik qilmoqda.
 
“Liverpul” vingeri Muhammad Saloh “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovskini ortda qoldirib, uchinchi o‘rindan ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. 

Shuningdek, Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Luka Modrich “Liverpul” futbolchisi Sadio Mane va “Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin de Bryuyneni oldinga o‘tkazib yubordi va beshinchi o‘rindan yettinchi pog‘onaga tushib ketdi.

E’tiborlisi, PSJ hujumchisi Lionel Messi va “Manchester Yunayted” vingeri Krishtianu Ronaldu  kuchli yigirmatalikka kirmagan.

“Oltin to‘p”ga da’vogar 10 nafar futbolchini reytinggi bilan tanishing:
 
1. Karim Benzema – “Real Madrid”

2. Muhammad Saloh – “Liverpul”

3. Robert Levandovski – “Bavariya”

4. Kilian Mbappe – PSJ

5. Sadio Mane – “Liverpul”

6. Kevin de Bryuyne – “Manchester Siti”

7. Luka Modrich – “Real Madrid”

8. Vinisius Junior – “Real Madrid”

9. Fil Foden – “Manchester Siti”

10. Trent Aleksandr-Arnold – “Liverpul”.

Ma’lumot o‘rnida, “Oltin to‘p”ni Fransiyaning “France Football” nashri tomonidan topshiriladi. Ushbu mavsumdan boshlab fransuz nashri “Oltin to‘p”ni bir yil uchun emas, balki bir mavsum uchun beradigan bo‘ldi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

118

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing