Oltin narxi tarixiy rekordni yangiladi

Biznes

image

Comex birjasida (Nyu-York tovar birjasining bo‘linmasi) 2026 yil fevral oyida etkazib beriladigan oltin fyucherslari narxi tarixiy yuqori cho‘qqini zabt etib, bir troya unsiyasi uchun 4650 dollardan oshdi. 

Toshkent vaqti bilan  bugun soat 17:59 holatiga ko‘ra, qimmatbaho metall narxi troya unsiyasi uchun 4650,1 dollarni tashkil etib, 1,11 foizga ko‘tarildi. 

Toshkent vaqti bilan soat 18:15 ga kelib, oltin narxining o‘sishi sekinlashib, bir unsiya uchun 4641,3 dollarga (0,92 foizga o‘sish) yetdi. 

Shu bilan birga, Comex birjasida 2026 yil mart oyida yetkazib beriladigan kumush fyucherslari narxi bir unsiya uchun 91,61 dollar (6,11 foizga o‘sish) darajasida belgilandi va yana tarixiy yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi. Xususan, Toshkent vaqti bilan soat 18:11 da kumush narxi bir unsiya uchun 92,195 dollargacha ko‘tarilib, 6,78 foizga o‘sdi.


Maqola muallifi

Teglar

oltin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing