Oltin narxi rekord darajada tushib ketdi

Olam

image

Kecha, 21 oktyabr kuni Nyu-Yorkdagi COMEX birjasida dekabr oyidagi oltin fyucherslari 4,2 foizga arzonlashib, bir unsiya uchun 4176,4 dollargacha tushdi. Oradan ko‘p o‘tmay, pasayish 6,12 foizga yetib, narx 4093 dollarga tushdi. Bu haqda “Financial Times” xabar berdi.

Nashr bu holatni so‘nggi 12 yil ichidagi eng katta kunlik tushish sifatida qayd etgan. 

Hafta boshida oltin narxi rekord daraja – qariyb 4400 dollarga yaqinlashgan edi. Hozir esa bozorda tuzatish jarayoni ketmoqda. Kumush, platina va palladiy narxlari ham 6–8 foiz atrofida pasaymoqda.

Tahlilchilarning ta’kidlashicha, narxlarning tushishiga bir necha omillar sabab bo‘lmoqda:

AQSH Prezidenti Donald Tramp va Xitoy raisi Si Szinpin o‘rtasidagi kelgusi uchrashuv haqidagi umidlar xavfsiz aktivlarga bo‘lgan talabni kamaytirdi;

Hindistonda mavsumiy xaridlarning yakunlanishi oltin bozoriga bosim qildi;

AQSH dollari kursining tiklanishi ham oltin narxlariga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

Qayd etish joiz, 16 oktyabr kuni oltin birinchi marta tarixda 4300 dollardan oshgan, 20 oktyabr kuni esa 4398 dollargacha ko‘tarilgan edi. Bu ko‘tarilish AQSH va Xitoy o‘rtasidagi keskinlik hamda AQSH Federal rezerva tizimining yil oxirigacha yumshoq pul-kredit siyosatini davom ettirishiga oid kutishlar fonida yuz bergandi.

Oltin narxining tushishi O‘zbekiston bozorida ham yaqqol sezildi. Bugun, 22 oktyabr kuni Markaziy bank tomonidan taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, oltin narxi 100 gramm uchun 166 mln 523 ming so‘mni tashkil etgan. 21 oktyabr kuni esa oltin narxi 100 gramm uchun 173 mln 861 ming edi. Bu bir kunda 4,22 foiz pasayish degani. 

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning 6 oktyabr kuni oltin narxi tarixdagi eng yuqori ko‘rsatkichga yetib, birinchi marta 4000 dollardan oshgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh oltin N'yu-York COMEX

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing