Olti oyda O‘zbekiston chetdan qancha benzin import qilgan?
Jamiyat
−
13 avgust 2022 5182 1 daqiqa
2022 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonga qiymati 35,9 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 60,6 mln litr avtomobil benzini import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 6 oyda O‘zbekiston eng ko‘p Rossiyadan 48,8 mln litr, Turkmanistondan 11,7 mln litr avtomobil benzinini import qilgan.
2022 yilning yanvar-iyun oylarida o‘zbekistonda 562,7 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.
Avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,8 foizga oshgan.
2022 yilda oylar kesimida ishlab chiqarilgan avtomobil benzini hajmi:
• yanvarda – 97,8 ming tonna;
• fevralda – 98,2 ming tonna;
• martda – 92,6 ming tonna;
• aprelda – 93,7 ming tonna;
• mayda – 92,7 ming tonna;
• iyunda – 87,7 ming tonna.
Live
Barchasi