Olti oyda eng ko‘p qaysi yoshdagi xotin-qizlar oila qurgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida eng ko‘p 20–39 yoshgacha ayollar orasida nikoh qayd etilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekistonda 2021 yilning yanvar–iyun oylarida 118 988 ta nikoh qayd etilgan. 152 ta holatda 60 va undan yuqori yoshdagi ayollar oila qurgan.

Bundan tashqari, shu vaqt mobaynida qayd etilgan nikohlar sonida ayollarning yoshi ham aniqlangan:

20 yoshgacha ayollar — 31 903 ta;
20–39 yoshgacha ayollar — 84 061 ta;
40–59 yoshgacha ayollar — 2 872 ta;
60 va undan yuqori yoshli ayollar — 152 ta.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

870

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing