Olti davlat fuqarolarining O‘zbekiston orqali Belarusga uchishi taqiqlandi

Jamiyat

image

Kecha, 17 noyabrdan boshlab Iroq, Suriya, Afg‘oniston, Yaman, Livan va Liviya fuqarolarining O‘zbekiston orqali Belarusga uchishi vaqtincha taqiqlandi. Bu haqda RIA Novosti “O‘zaviatsiya” agentligiga tayanib xabar berdi.

“17 noyabrdan Iroq, Suriya, Yaman, Livan, Liviya va Afg‘oniston fuqarolari bo‘lgan tranzit yo‘lovchilarning O‘zbekiston Respublikasi orqali Belarus Respublikasi hududiga kirishiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi”, degan agentlik vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistondan Belarusga parvozlarni amalga oshiruvchi aviakompaniyalar ushbu mamlakatlar fuqarolari uchun aviachiptalarni sotishga vaqtincha cheklovlar joriy etishi kerak.

“Ushbu muddat diplomatik pasport egalari va Belarus Respublikasida yashash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lgan yuqoridagi mamlakatlar fuqarolariga taalluqli emas”, deya qo‘shimcha qilingan xabarga.

Ma’lumot uchun, ayni kunlarda Belarus va uning g‘arbiy qo‘shnilari o‘rtasidagi chegara notinch. U yerda Yevropaga o‘tib ketmoqchi bo‘lgan  minglab odamlar yig‘ilgan.

O‘z navbatida, Polsha va Litva tomondan harbiylar chegarani qo‘riqlamoqda. Ular chegaraga o‘rnatilgan to‘siqni buzmoqchi bo‘lgan muhojirlarga ko‘zdan yosh oqizuvchi gazlarni sepib himoyalanmoqda. Ikki o‘rtadagi qarama-qarshilik uzoq davom etmasligi, aniq. Chunki qish yaqinlashib, havolar ancha sovuqlashgan. Muhojirlarning so‘zlariga ko‘ra, ular vatanlariga qayta olmaydi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

218

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing