Olti hududdagi 11 sudya lavozimiga qayta tayinlandi

Jamiyat

image

Kecha, 22 iyun kuni bo‘lib o‘tgan Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig‘ilishida 19 nafar sudyaning 11 nafari vakolati muddati davriga qayta tayinlandi. Bu haqda kengash Matbuot xizmati xabar berdi. 

Sudyalar oliy kengashi qaroriga muvofiq:

Muhiddin Po‘latjonovich Sultonov – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Toshkent shahar Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi raisining o‘rinbosari lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

Anvar Raxmonqul o‘g‘li Suvanqulov – sudyalik vakolati muddati davriga Sirdaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;

Nodirbek Rahmon o‘g‘li Sangirov – sudyalik vakolati muddati davriga Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.

Jur’at To‘rayevich Nafasov – sudyalik vakolati muddati davriga Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Koson tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Termiz tumanlararo sudining raisi lavozimidan ozod qilindi.

Inomjon Ismonaliyevich Normatov – sudyalik vakolati muddati davriga Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Quva tuman sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Andijon viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Buloqboshi tuman sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;

O‘ktam Haydarovich Rasulov – sudyalik vakolati muddati davriga Qashqadaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Ko‘kdala tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;

Muzaffar Zafarovich Ko‘kiyev – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Sirg‘ali tuman sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.

Mehribon Atabayevna Hasanova – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Sirg‘ali tuman sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Xorazm viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Xonqa tuman sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;

Narzulla Ubaydullayevich Murotov – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining raisi lavozimiga qayta tayinlansin va shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;

Xurshid Farhodovich Tursunov – sudyalik vakolati muddati davriga Navoiy viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Navoiy viloyati Uchquduq tuman iqtisodiy sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;

Azizjon Fayzulloyevich Bahronov – sudyalik vakolati muddati davriga Navoiy viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Navoiy viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Navbahor tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

97

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing