Olmos birjasi dunyodagi eng katta ofisiga ega bo‘ldi (video)

Olam

image

Hindistonning Gujarat shtati Surat shahrida dunyodagi barcha olmoslarning qariyb 90 foiziga ishlov beruvchi olmos birjasining rekord darajadagi katta binosi – Diamond Bourse qurildi. Bu haqda CNN xabar berdi

14 gektar maydonni egallagan Diamond Bourse dunyodagi eng katta ofis binosi maqomini oldi. Pentagondan ham kattaroq mazkur inshoot markaziy ob’ektga maxsus “shox”lar orqali bog‘langan 15 qavatli 9 ta to‘rtburchak binodan tarkib topgan. Diamond Bourse’da bir vaqtning o‘zida 65 000 dan ortiq olmoslar bo‘yicha mutaxassislar ishlashi mumkin. 

Shuningdek, binoning fotosuratlarida 4700 dan ortiq ofis xonalarini bog‘laydigan marmar pollar va yorug‘lik bilan to‘ldirilgan atriumlarni ko‘rish mumkin. Ular olmoslarni kesish va parlatish uchun kichik ustaxonalar vazifasini ham bajarishi mumkin. 32 milliard rupiy (388 million AQSH dollari) qiymatidagi qurilishda 131 ta lift, ishchilar uchun ovqatlanish joyi, chakana savdo, sog‘lomlashtirish va konferensiya bo‘limlari mavjud.

Loyiha bosh direktori Mahesh Gadxavining so‘zlariga ko‘ra, Diamond Bourse minglab odamlarni biznes bilan shug‘ullanish uchun har kuni poyezdda Mumbayga qatnashdan qutqaradi.

“Odamlar uylaridan ofislariga kelish va yana uyga qaytish uchun har kuni uch yarim-to‘rt soat vaqt sarflashlari kerak. Biznesni Surat shahriga ko‘chirish yaxshiroq variant edi”, dedi u. 

Loyiha to‘rt yillik qurilish ishlaridan so‘ng, noyabr oyida o‘zining birinchi mijozlarini kutib oladi. Rasman ochilish marosimi Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi tomonidan o‘tkazilishi kutilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, oy boshida “Royal Carribian International” kompaniyasi dunyodagi eng katta kruiz (sayohat kemasi)ni foydalanishga topshirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Olmoc birjasi eng katta ofis

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar