Olmazordagi masjidda chiqqan yong‘in haqida to‘liq ma’lumot berildi

Jamiyat

Avvalroq, 8 fevral kuni kechki soatlarda Toshkent  shahar Olmazor tumanida yangi qurilayotgan masjidda yong‘in chiqqani haqida xabar bergan edik. Ushbu hodisa haqida O‘zbekiston musulmonlari idorasi rasmiy bayonot berdi.

Unga ko‘ra, shu kuni soat taxminan 19:00 larda Toshkent shahri Olmazor tumanida yangidan bunyod etilayotgan “Siroj Solih” jome masjidi xonaqohi tomining bir qismida yong‘in sodir bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu yong‘indan yangi qurilayotgan binoga mutlaqo zarar yetmagan, ayrim qurilish materiallari biroz yongan, xolos. O‘t o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga 18:44 da yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in qurshab olinib, 19:10 larda yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. 

Qurbonlar va jabr ko‘rganlar yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

407

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing