Olmazorda 9-sinf o‘quvchisi maktabdoshini pichoqladi
Jamiyat
−
23 Oktyabr 2019 7122 1 daqiqa
O‘smirlar o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyatchilikni oldini olish o‘z dolzarbligini yo‘qotmaydigan masalalardan biri hisoblanadi. Toshkent shahrining Olmazor tumani joylashgan 146- o‘rta maktabda 9-sinf o‘quvchisi shu maktabning 10-sinfida o‘qiydigan o‘smirni pichoqlab qo‘ydi.
Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, shu yilning 21 oktyabr soat 10:00 da poytaxt IIBBga xabar berilgan. 15 yoshli o‘quvchi 16 yoshli A.G ning bel qismiga tan jarohat yetkazgan.
Jabrlanuvchi zudlik bilan shifoxonaga olib ketilgan. Surushtiruv ishlari davom etmoqda.
Live
BarchasiPromis Devidni intervyu chog‘ida ari chaqib oldi
27 Sentyabr